«prezidentlik saylovi» tegli maqolalar


AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi
29 fevral 2024, 14:59

AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi

Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovda 51,6 foiz ovoz bilan Aleksandr Stubb g‘alaba qozondi
12 fevral 2024, 11:56

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovda 51,6 foiz ovoz bilan Aleksandr Stubb g‘alaba qozondi

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovning ikkinchi turida hukmron Milliy koalitsiya partiyasidan nomzod, sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb 51,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda unga raqiblik qilgan mustaqil nomzod, sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto 48,4 foiz ovoz oldi.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi
8 fevral 2024, 17:18

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi

Ozarbayjonning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 92,05 foiz ovoz oldi. Bu uning beshinchi prezidentlik muddati bo‘ladi, u 20 yildan buyon mamlakatni boshqarmoqda.

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi
22 yanvar 2024, 11:56

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi

2023-yilda respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda Donald Trampga asosiy raqobatchi deb ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kampaniyasini to‘xtatdi. Florida gubernatori o‘z tarafdorlarini Trampga ovoz berishga chaqirdi.

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi
9 dekabr 2023, 11:45

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Saylovlar 2024-yil 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi
28 may 2023, 21:57

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli, tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Ovozlarni sanash hali yakuniga yetgani yo‘q, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi rahbari g‘alaba qozongan.

Qozog‘istonda muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari sanasi belgilandi
21 sentabr 2022, 18:36

Qozog‘istonda muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari sanasi belgilandi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Bu saylovlar butun siyosiy tizimni tubdan «qayta yuklash»ga olib keladigan saylov siklini boshlab beradi», — dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev.

“Tarixiy saylov”. Gurbanguli Berdimuhammedov — Turkmaniston prezidenti saylovlarida ovoz berdi
12 mart 2022, 14:03

“Tarixiy saylov”. Gurbanguli Berdimuhammedov — Turkmaniston prezidenti saylovlarida ovoz berdi

Shanba kuni Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov ham ovoz berib, saylovni tarixiy deb atadi. Saylovlarda 3 nafar partiyalar nomzodi, 6 nafar mustaqil nomzod ishtirok etmoqda. Tushga qadar saylovchilarning 71,9 foizi ovoz berish jarayonlarida qatnashdi.

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi
10 mart 2022, 07:30

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyada muxolifatdagi Fuqarolik kuchlari partiyasidan nomzod, sobiq bosh prokuror Yun Sok Yol mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotida nimalar taqiqlangan?
17 sentabr 2021, 09:00

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotida nimalar taqiqlangan?

Qaysi hollarda prezidentlikka nomzod o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin? Saylovda tashviqotning qanday turlariga ruxsat berilgan va qaysilari taqiqlangan? Saylov kampaniyasi davomida nomzodlarga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari uchun qanday jazo chorasi qo‘llaniladi? «Gazeta.uz» muxbirining nomzodlarning huquqlari va majburiyatlariga oid savollariga MSK doimiy a’zosi Bahodir Yunusov javob berdi.

Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qanday tekshiriladi? MSK vakili bilan suhbat
11 sentabr 2021, 08:45

Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qanday tekshiriladi? MSK vakili bilan suhbat

Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini tekshirish tartibi qanday va kimlar tomonidan amalga oshiriladi? Imzo varaqalari qanday holatlarda haqiqiy emas deb topiladi? «Gazeta.uz» muxbirining shu va boshqa savollariga MSK kotibi Xudoyor Mamatov javob berdi.

«Adolat» partiyasi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda aybladi. Milliy tiklanish javob qaytardi
7 sentabr 2021, 14:18

«Adolat» partiyasi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda aybladi. Milliy tiklanish javob qaytardi

«Adolat» partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda aybladi. Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi sudlarni birlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazish hamda Tergov qo‘mitasini tuzish g‘oyalarini o‘g‘irlagani iddao qilinmoqda. Milliy tiklanish esa bunga munosabat bildirib, «Adolat» partiyasining siyosiy saviyasiga shubha bilan qaradi.

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezident saylovlarida yetakchilik qilmoqda
11 yanvar 2021, 11:33

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezident saylovlarida yetakchilik qilmoqda

Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sodir Japarov deyarli 80 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 81 foizdan ko‘prog‘i mamlakatdagi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting